[ Legacy Network Service | Severity: Critical ]
CVE-2026-24061: Telnet xizmatida autentifikatsiyani chetlab o‘tish
Sana: 2026-08-06 | Mukofot: $1200
Xavfsizlik zaifligi hisoboti
Hurmatli xavfsizlik jamoasi,
Tahlil davomida telnet xizmatida muhit o‘zgaruvchilarini (environment variables)
noto‘g‘ri qayta ishlash bilan bog‘liq jiddiy zaiflik aniqlandi.
Maxsus tayyorlangan USER qiymati orqali autentifikatsiya bosqichini
chetlab o‘tish va tizimga root huquqlari bilan kirish ehtimoli mavjud.
Zaiflik turi
Autentifikatsiyani chetlab o‘tish / Argument Injection
Joylashuvi
Telnet xizmati (port 23) — GNU Inetutils telnetd
Texnik tavsif
Server mijoz tomonidan yuborilgan USER muhit o‘zgaruvchisini
yetarli tekshiruvsiz /bin/login jarayoniga uzatadi.
Natijada hujumchi buyruq parametrlarini kiritishi mumkin.
Payload:
-f root
Bu qiymat login dasturiga quyidagicha uzatiladi:
/bin/login -p -f root
Ko‘plab Linux tizimlarida -f parametri foydalanuvchi
allaqachon autentifikatsiyadan o‘tgan deb qabul qilinadi va
parol so‘rovi o‘tkazib yuboriladi.
Ta’siri
- Parolsiz tizimga kirish
- Root huquqlarini qo‘lga kiritish
- Tizim ustidan to‘liq nazorat
- Ichki tarmoqqa lateral harakatlanish
- Ma’lumotlarni o‘qish, o‘zgartirish yoki o‘chirish
Qayta hosil qilish bosqichlari
- Telnet xizmatiga ulaning.
NEW-ENVIRONmuzokarasini boshlang.USERqiymati sifatida-f rootyuboring.- Server javobini kuzating.
- Agar tizim parol so‘ramasdan root sessiyasini ochsa, zaiflik tasdiqlanadi.
Kutilgan natija
Server foydalanuvchi yuborgan muhit o‘zgaruvchilarini tekshirishi va xavfli qiymatlarni rad etishi kerak.
Amaldagi natija
Server xavfli USER qiymatini qabul qilib,
uni login jarayoniga uzatmoqda.
Tavsiya etilgan yechim
- GNU Inetutils’ni xavfsiz versiyaga yangilash
- Faqat ruxsat etilgan muhit o‘zgaruvchilarini qabul qilish
-kabi xavfli belgilarni filtrlash- Telnet xizmatini o‘chirib, SSH’dan foydalanish
- Port 23 uchun IDS/IPS monitoringini yoqish
Xulosa
Ushbu zaiflik masofadan turib autentifikatsiyani chetlab o‘tish va root darajasidagi ruxsatlarni qo‘lga kiritish imkonini beruvchi juda jiddiy muammo hisoblanadi.
Zaiflikni imkon qadar tezroq bartaraf etishingizni tavsiya qilaman.
Hurmat bilan,
[Kimdur]