<- Hisobotlarga qaytish
[ https://dclgapps.communities.gov.uk/scriptLib/js-datatables/ | Severity: O'rta ]

Buyuk Britaniya hukumati: Ochiq qolgan papka (Directory Listing)

Sana: 2026-08-06 | Mukofot: Maqtovnoma / Ball

Xavfsizlik zaifligi hisoboti

Hurmatli xavfsizlik jamoasi,

Hukumatga qarashli, uzoq vaqtdan beri ishlatilmayotgan kichik saytlarni ko‘zdan kechirayotib, tasodifan hamma uchun ochiq qolgan papkani (Directory Listing) topib oldim. Ushbu papka ichiga kirib, tizimga tegishli skriptlar yig‘ilgan datatable.zip faylini hech qanday qiyinchiliksiz yuklab olishga muvaffaq bo‘ldim.

Bu juda jiddiy xato bo‘lmasa-da, tirik (ishlab turgan) tizimlarda ham real kamchiliklarni topish mumkinligini amalda ko‘rsatib berdi.

Zaiflik turi

Directory Listing (Ma'lumotlar oshkor bo'lishi)

Ishlatilgan vositalar

Veb-brauzer, Qo'lda tekshiruv (Manual Testing)

Olingan saboq

Ayniqsa eski va e'tibordan chetda qolgan kichik saytlardagi /js/, /scripts/, /uploads/ kabi yashirin papkalarni doimo tekshirib ko'rish muhim.


📚 O'xshash hisobotlar